Matbuot xabari - Ba‘zi ommaviy axborot vositalari tomonidan bankimizga qarshi rejalashtirilgan axborot xujumi uyushtirilishi munosabati bilan qonuniy choralar ko‘rilishi haqida

18.10.2022

Ba‘zi ommaviy axborot vositalari tomonidan bankimizga qarshi rejalashtirilgan axborot xujumi uyushtirilishi munosabati bilan qonuniy choralar ko‘rilishi haqida

Yaqinda bankimizga qarshi rejalashtirilgan axborot hujumi uyushtirilganligi haqida ochiq xat e’lon qilgandik. Ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi turli sahifalarda bankning ishbilarmonlik obro‘siga putur yetkazuvchi va mijozlarni chalg‘ituvchi buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar tarqatildi.
Mas’uliyat bilan bildiramizki, bank avval e’lon qilingan ochiq xatda ta’kidlanganidek, o‘ziga qarshi sodir etilgan xatti-harakatlar tafsilotlarini o‘rganib chiqib, o‘zining ishchanlik obro‘sini, shuningdek, aksiyadorlarining sha’ni va qadr-qimmatini huquqiy maydonda barcha qonuniy choralar bilan himoya qilish xarakatlariga kirishgan. Bankga rejalashtirilgan axborot hujumi tafsilotlarini o‘rganish jarayonida ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan SOF.UZ sayti (ro‘yxatga olish raqami 1124) joriy yilning 14 oktyabr kuni ““Anorbank”ning “moliyaviy fokuslari” mijozlarni nega g‘azablantirdi?” ko‘rsatuvi chiqqishi haqida o’zining rasmiy Telegram kanalida “Siz kutgan daqiqalarda kutilmagan oshkoraliklar” so‘zlari bilan 01:16 daqiqalik qisqa e’lonni joylashtirgani ma’lum bo‘ldi.
Boshqa blogerlar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa egalari ham “SOF.UZ” tomonidan tarqatgan e‘lonni o‘z sahifalarida joylashtirishdi. Biroq baʼzi bloggerlar ushbu eʼlonni tarqatish chogʻida bankning ishbilarmonlik obroʻsiga putur yetkazuvchi, uni jinoyatda ayblab, mahalliychilikni qo‘zg‘atuvchi, shuningdek, Andijon aholisini kamsituvchi matnlar bilan e’lon qilgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur telegram-kanallar ushbu postlarni birin-ketin bir matnda, aynan bir vaqt oralig‘ida, ya’ni 14-oktabr soat 17:00 dan keyin tarqata boshlagan. Bundan kelib chiqadiki, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir qancha ommaviy axborot vositalari, blogerlar va telegram kanallari tomonidan bankning ishchanlik obro‘siga putur yetkazish va iste’molchilar o‘rtasida bank to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvur hosil qilish maqsadida puxta o‘ylangan reja asosida qasddan buzib ko‘rsatilgan, asossiz va qalbakilashtirilgan ma’lumotlar tarqatilgan.
Eʼlonda ta’kidlanganidek, aytilgan vaqtda “SOF.UZ” jurnalistik surishtiruv janridagi ““Anorbank”ning “moliyaviy fokuslari” mijozlarni nega g‘azablantirdi?” nomli 30 daqiqadan ortiq davomiylikdagi koʻrsatuvini o’z sahifasiga yukladi.
Biroq, SOF.UZ ommaviy axborot vositalari sifatida quyidagi qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ydi:

  • ko‘rsatuv noxolis va bir yoqlama olib borilgan jurnalistik tekshiruviga asoslangan;

  • ko‘rsatuvda so‘zga chiqqan mijozlar tomonidan bank nomiga bildirilgan ayblovlar bo‘yicha jurnalist bankdan rasmiy tushuntirish olmagan;

  • valyuta operatsiyalarini tartibga soluvchi hamda jinoiy daromaddan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni va ommaviy qirg‘in qurollarini moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalar va milliy qonunchilik talablari inobatga olinmagan;

  • muxbir va boshlovchilar tomonidan suhbatdoshlarga yo‘naltiruvchi savollar berilgan;

  • mamlakatning bir viloyat aholisini boshqa viloyat aholisiga nisbatan adovatini qo‘zg‘atish ohangi mavjud fikrlari bildirilgan;

  • ko‘rsatuv bevosita konstruktiv dialog shaklida emas, balki bankning ishchanlik obro‘sini badnom qilishga qaratilgan.

Ko‘rsatuv jarayonida boshlovchi ikki nafar mijoz bilan onlayn muloqot o‘rnatib, bank tomonidan ushbu mijozlarning valyuta mablag‘lari asossiz ravishda ularning hisobiga o‘tkazilmasdan, ushlab turilgan degan mazmun berilganligiga guvoh bo‘lish mumkin. 
Lekin, boshlovchi ushbu ikki mijoz bank orqali qanday turdagi operatsiyani amalga oshirish niyatida bo‘lganliklarini ochiqlamadi, mijozlar ham unga to‘xtatlib o‘tishmadi. 
Agar “SOF.UZ” tomonidan xolis jurnalist tekshiruvi olib borilib, bankdan ushbu holat haqida tushuntirish olinganda, ushbu mijozlar bayon etgan holatlarda bankning aybi mavjud emasligini, aksincha mijozlar tomonidan yuqori xatarli shubhali operatsiyalar amalga oshirilganligiga guvoh bo‘lish mumkin edi.
Mastercardning tartibga soluvchi hujjatida ushbu turdagi terminal (kriptovalyuta savdo maydonchasi) va 6051 identifikator toifasida savdo qiluvchi tashkilotlar orqali amalga oshirilgan to‘lovlar yuqori riskli hisoblanadi. Mastercardning qoidalariga muvofiq ushbu turdagi operatsiyalar kliringi uchun 7 kundan 30 kungacha muddat belgilangan.
Bundan ko‘rinmoqdaki, jurnalistik tekshiruvi diletantlik bilan bir yoqlama, noxolis va bank sohasidagi mutaxassis va ekspertlaridan tegishli izoh va xulosalar olmasdan o‘tkazilgan.
“ANORBANK” o‘zining, shuningdek o’z aksiyadorlari hamda xodimlarining ishbilarmonlik obro‘siga va jamoatchilik fikriga o‘ta ehtiyotkorona munosabatda bo‘lib keladi.
Ayrim ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlarning xatti-harakatlari tafsilotlarini o‘rganib chiqib, bank O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga mazkur instansiyaning xulosasini olish uchun murojaat yo’lladi.

Shuningdek o`qing

01.04.2024 Ko'plab talablarga ko'ra “Qulay mikroqarz” uchun 10% chegirmani uzaytirmoqdamiz!
28.03.2024 Endi o'qituvchilar ham ishtirok etmoqda!
01.12.2023 Sizning fransuzcha orzuingiz

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: