"Ma’rifat va bank" forumi doirasida ANORBANK va Farengeyt Press moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi

26.09.2025

"Ma’rifat va bank" forumi doirasida ANORBANK va Farengeyt Press moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi




photo_2025-09-26_19-45-41.jpg

24-26-sentyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan "Ma’rifat va bank: Bilimli jamiyat bilan qudratli iqtisodiyot sari" shiori ostida forum o‘tkazildi.

Forumning yakuniy qismida Markaziy bank raisi T. Ishmetov, TDIU rektori T. Teshaboyev, shuningdek, bank-moliya va ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdilar.

Ushbu forum doirasida ANORBANK va Farengeyt Press nashriyoti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Qo‘shma loyiha Usborne nashriyotining "Boshlang‘ich darslar" turkumiga kiruvchi "Pul: boshlang’ich saboqlar" kitobini o‘zbek tiliga tarjima qilishdan iborat bo‘ldi. Ushbu nashr yoshlarga pul va moliya haqidagi asosiy bilimlarni sodda va tushunarli tilda o‘zlashtirishga yordam beradi.

Moliyaviy savodxonlik mamlakatning barqaror rivojlanishi uchun asos hisoblanadi. Shu bois, ANORBANK ma’rifat va ta’lim tashabbuslariga sarmoya kiritishni davom ettirmoqda.



Shuningdek o`qing

29.11.2025 Yangi valyuta omonatlari — Mustahkam va Qadam
05.11.2025 «Barqaror» omonati: 2 yil davomida barqaror daromad
25.09.2025 ANORBANK "Bank va Ma’rifat" xalqaro forumida ishtirok etmoqda

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing