Hurmatli mijozlar!
2024-yil 10-noyabrdan boshlab kartadan kartaga o‘tkazmalar uchun yangi tariflar kuchga kiradi. Bundan buyon bizning kartalarimizdan boshqa bank kartalariga, shuningdek boshqa bank kartalaridan bizning kartalarimizga o‘tkazmalar uchun komissiya 0,5% ni tashkil etadi.
Bankimizda omonati mavjud mijozlar uchun elektron hamyondan bankimiz kartalariga pul mablag‘larini komissiyasiz o‘tkazish imkoniyati saqlanib qoladi, boshqa bank kartalariga esa o‘tkazmalar uchun komissiya 0,5% bo‘ladi.
Ta'kidlash joizki, hali plastik kartaga ega bo‘lmagan omonatchilar uchun plastik kartalarni bepul taqdim etamiz.
Bankning rasmiy kanallarida yangiliklarni kuzatib boring! Bankimizga bo‘lgan ishonchingiz va sadoqatingiz uchun sizdan minnatdormiz.