Fitch Ratings ANORBANK’ning "B-" darajadagi uzoq muddatli kredit reytingini “Barqaror” prognozi bilan tasdiqladi

28.10.2024

Fitch Ratings ANORBANK’ning "B-" darajadagi uzoq muddatli kredit reytingini “Barqaror” prognozi bilan tasdiqladi

Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi ANORBANK’ning xorijiy va milliy valyutadagi “B-” darajadagi uzoq muddatli kredit reytingini “Barqaror” prognozi bilan tasdiqladi. Fitch, shuningdek, bankimiz faoliyatining uzoq muddatda istiqbollilik reytingini (VR) ham “b-” darajasida baholadi.


Fitchning fikriga ko'ra, ANORBANK o'zining barqaror aktivlar sifati va moliyaviy ko'rsatkichlarini saqlab qolish uchun yaxshi pozitsiyaga ega. Agentlikning ta'kidlashicha, ushbu daraja bankning kichik bo'lsada, ammo dinamik ravishda o'sib borayotgan bozor ulushi va nisbatan qisqa muddatli daromadlilik faoliyatini ko'rsatuvchi biznes modelini aks ettiradi.

“ANORBANK reytingining oshishiga bankning bozordagi mavqeini sezilarli darajada mustahkamlash, barqaror yuqori rentabellikni qayd etish va FFC koeffitsientini uzoq vaqt davomida 10% dan yuqori ushlab turish orqali erishish mumkin. Shuningdek, O‘zbekistondagi iqtisodiy vaziyatning yaxshilanishi ham bankning kredit qobiliyatini mustahkamlashda ijobiy rol o‘ynashi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Yangiliklarni bankning rasmiy kanallarida kuzatib boring.

Facebook Telegram Instagram

Shuningdek o`qing

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing