Muvaffaqiyatli tashkilotning siri — bu nafaqat xodimlarning professionalligi, balki ularning uyushqoqligidir. Ahil jamoani yaratish uchun odatda turli xil tadbirlar tashkil etiladi, masalan, timbildinglar (inglizchadan team building — “jamoani qurish”). Timbildingning asosiy vazifasi jamoani birlashtirishga va korporativ ruhni mustahkamlashga qaratilgan.
Bizning xodimlarimiz 10-11 sentyabr kunlari Green Hills Resort dam olish maskanida navbatdagi timbildingda qatnashishdi. Tadbirda sotuv bilan bogʻliq xodimlar ishtirok etishdi.
Timbildingning formati qiziqarli mavzularni muhokama qilishga va jamoaviy munosabatlarni qurishga qaratilgan edi.
Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing