
Astrasend orqali pul oluvchilar uchun yaxshi yangilik.
2026-yil 2-sentabrdan boshlab Astrasend orqali kelgan pul o‘tkazmasini ANORBANK kassalarida 0% komissiya bilan, ya’ni bepul naqdlashtirish mumkin bo‘ladi — pul kelib tushganiga 30 kundan oshgan bo‘lsa ham.
Avval 30 kundan keyin naqd pul yechishda 0,5% komissiya qo‘llanilar edi. Endi bu komissiya bekor qilinadi.
Pul o‘tkazmangizni o‘zingizga qulay vaqtda, ortiqcha xarajatlarsiz oling.
ANORBANK xizmatga shay, doimgidek.
Amaldagi shartlarni ANORBANK ilovasida yoki anorbank.uz saytida ko‘ring.