ANORBANK xorijiy universitetlar filiallari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha turnirni qo‘llab-quvvatladi

27.09.2023

ANORBANK xorijiy universitetlar filiallari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha turnirni qo‘llab-quvvatladi

2023-yil 26-sentabr kuni G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali shaxmat maktabi negizida xorijiy oliy ta’lim muassasalari filiallari talabalari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha an’anaviy turnir bo‘lib o‘tdi.

Turnir G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filialining hamkori ANORBANK ko‘magida tashkil etildi.

Turnirda O’zbekistondagi 7 ta xorijiy universitetlar – M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, D.I. Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti, S.A. Gerasimov nomidagi BDKI, MDXMI, MTTU "MPvaQI" Olmaliqdagi filiali, G.V. Plexanov nomidagi RIU Toshkent filiali va Toshkentdagi Turin politexnika universitetining 20 dan ortiq talabalari ishtirok etishdi.

FIDE xalqaro toifali hakami Abdukahhar Abduxalikov shaxmat turnirining bosh hakami sifatida qatnashdi.

Shaxmat turniri Shveytsariya tizimi bo‘yicha o‘tkazildi va g‘oliblar shaxmat musobaqasi natijalariga ko‘ra aniqlandi. G.V. Plexanov nomidagi RIU Toshkent filiali jamoasi birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni M.V. Lomonosov nomidagi MDU jamoasi egalladi. Uchinchi o’rin esa MTTU "MPvaQI" Olmaliqdagi filiali talabalariga nasib etdi.

G‘olib jamoalarga ANORBANK tomonidan pul mukofoti sertifikatlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Shuningdek o`qing

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing