Anorbank Visa Infinite premium kartasini ishga tushirgani uchun Visa Excellence Cup 2025 mukofotiga sazovor bo‘ldi

12.12.2025

Anorbank Visa Infinite premium kartasini ishga tushirgani uchun Visa Excellence Cup 2025 mukofotiga sazovor bo‘ldi

сайт русс.jpg

10-dekabr kuni Visa xalqaro to‘lov tizimi O‘zbekistonning to‘lov sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shayotgan yetakchi hamkorlarni taqdirlash maqsadida har yillik Visa Excellence Cup 2025 mukofotini o‘tkazdi.

Marosim yakunida Anorbank Visa Infinite premium kartasini muvaffaqiyatli ishga tushirgani uchun "Visa Premium Cards Launch" nominatsiyasida taqdirlandi.

Visaning e’tirofi bankning premium segmentni rivojlantirishdagi hissasini aks ettiradi va mahsulot sifatining yuqori darajada ekanligini tasdiqlaydi. Visa Infinite - bu qulaylik, xavfsizlik va imtiyozlarni o‘zida mujassam etgan xalqaro darajadagi servis:

• Tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarda 0% komissiya — O‘zbekistonda ham, chet elda ham.
• Butun dunyo bo‘ylab premium imtiyozlar va shaxsiy yondashuv.
• Anor Premium konsyerj xizmati — sayohatlarda, bronlarda va muhim masalalarda yordam.
• Karta bepul yetkazib beriladi.
• Premium paket: rasmiylashtirish — 150 000 so‘m, sug‘urta depoziti — 50 $, yillik xizmat ko‘rsatish — 50 $.

Visa Excellence Cup mukofoti har yili sohadagi asosiy ishtirokchilarni e’tirof etadi. "Visa Premium Cards Launch" toifasidagi mukofot Anorbankning innovatsiyalarga, mijozlar tajribasini rivojlantirishga va premium darajadagi mahsulotlar qatorini kengaytirishga bo‘lgan strategik e’tiborini tasdiqlaydi.

Visa Infinite kartasini onlayn rasmiylashtiring (https://anorbank.uz/deeplink/order_card) — tez va qulay.


Shuningdek o`qing

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing