ANORBANK Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan MDHga aʼzo davlatlarning II Xalqaro bank-moliya forumida ishtirok etdi va Rossiyaning "Transkapitalbank" banki bilan shartnoma imzoladi

27.11.2021

ANORBANK Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan MDHga aʼzo davlatlarning II Xalqaro bank-moliya forumida ishtirok etdi va Rossiyaning "Transkapitalbank" banki bilan shartnoma imzoladi

01.jpg

26 noyabr kuni MDH davlatlarining II Xalqaro bank-moliya forumida ishtirok etdik. Forumda MDH, Yevropa va Osiyo davlatlaridan bank va fond birjalari, moliya bo‘limlari, bank assotsiatsiyalari, sug‘urta tashkilotlari, lizing kompaniyalari vakillari ham ishtirok etdi.

Forumda biz “Transkapitalbank” OAJ bilan jismoniy shaxslarning mablag‘larini TKB universal to‘lov shlyuzi orqali Rossiyadan O‘zbekistonga o‘tkazish sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida shartnoma imzoladik.

Endilikda Anorbank mobil ilovasida Rossiya banklarining istalgan kartalaridan O‘zbekistonning istalgan bank kartalariga transchegaraviy o‘tkazmalarni amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Ya'ni, pul o'tkazmalari har qanday Rossiya bankining VISA, MasterCard va MIR to'lov tizimlarining kartalaridan ANORBANK mobil ilovasiga Rossiya bank kartalarini qo'shish orqali amalga oshiriladi. Mablag‘lar O‘zbekiston hududida UzCard va HUMO kartalariga o‘tkaziladi.

TKB transchegaraviy o'tkazmalarining afzalliklari:

  • Xavfsiz. Pul o'tkazish operatsiyalari faqat 3D-Secure texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydigan kartalarda mavjud.
  • Tezkor. Pul o'tkazmasi onlayn tarzda amalga oshiriladi, shuning uchun pul oluvchiga darhol yetib boradi.
  • Zamonaviy. Siz uyingizdan chiqmasdan pul yuborishingiz va qabul qilishingiz mumkin.
  • Foydali. Rossiya emitentlarining kartalaridan pul o'tkazmalari narxi ancha past.
  • Ishonchli. ANORBANK mobil ilovasidan foydalaniladi.
  • Qulay. Kerakli pul o'tkazmasini rublda ham, so'mda ham tanlashingiz mumkin.

Shuningdek o`qing

13.03.2026 ANORBANK mijozlarning kundalik hayoti haqidagi yangi reklama kampaniyasini boshladi
18.02.2026 ANORBANK Central Asian Fintech Association (CAFA) ga a’zo bo‘ldi
14.01.2026 Visa Infinite kartalari bo‘yicha yangi shartlar

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing