
ANORBANK kapitalni mustahkamlash rejasini amalga oshirmoqda
ANORBANK reytingning avval pasayishiga sabab bo‘lgan omillarni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rdi.
5-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida qo‘shimcha investitsiyalarni jalb qilish maqsadida ANORBANK aksiyalarini 100 mlrd so‘m miqdorida qo‘shimcha emissiya qilish to‘g‘risidagi qaror tasdiqlandi. Shu tariqa, kapitalni oshirish rejasining amalga oshirilishi endilikda alohida aksiyador bilan bog‘liq holatlarga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
Ayni vaqtda bank qo‘shimcha emissiyani amalga oshirish va kapitalni amalda oshirish uchun qonunchilik hamda korporativ tartib-taomillarda nazarda tutilgan zarur bosqichlarni amalga oshirmoqda.
Bundan tashqari, 2-oktabr kuni Qahramonjon Olimov ANORBANK Kuzatuv kengashi tarkibidan chiqish to‘g‘risida ariza berdi. Mazkur masala 28-oktabr kuni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.
Bank odatdagi rejimda faoliyat yuritishda, mijozlar oldidagi majburiyatlarini bajarishda va barcha asosiy bank xizmatlarining ishlashini ta’minlashda davom etmoqda.
ANORBANK kapitalni mustahkamlash bo‘yicha e’lon qilingan rejani izchil amalga oshirmoqda va uning asosiy bosqichlari bo‘yicha bozorni xabardor qilib boradi.
Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing