7-may kuni poytaxtimizda III Xalqaro reytinglar forumi boʻlib oʻtdi. U yerda raqamli iqtisodiyot, uning mamlakatda rivojlanishidagi toʻsiqlar va boshqa koʻplab masalalar muhokama qilindi.
Forumda “ANOR BANK”AJ boshqaruvi raisi Sherzod Akramov spiker sifatida ishtirok etib, raqamli bankning barcha afzalliklari, yutuqlari va yangi mahsulotlari haqida batafsil gapirib oʻtdilar.
Bankning butun faoliyati davomida quyidagi innovatsion yechimlar qayd etildi:
- 6 oydan kamroq vaqt ichida ilovani 1,5 milliondan ortiq odam yuklab olgan
- Oʻzbekiston boʻylab kartalarni barcha viloyatlarga yetkazib berish atigi 72 soat ichida amalga oshirilmoqda
- Kuniga jismoniy karta buyurtmalarining oʻrtacha soni 3 mingga yaqin
- Birinchi bor Oʻzbekistonda mobil telefon orqali bank mijoziga aylanish mumkin. Ushbu funksiya Anorbank ilovasida masofaviy identifikatsiya ishga tushirilgani tufayli mavjud boʻldi
- Koʻplab bank mahsulotlari yaratildi, ular doimo rivojlanib, takomillashtirilmoqda va bu hali, hammasi emas.
Bundan tashqari, raqamlashtirish asrida kiberxavfsizlikka eʼtibor qaratish zarurligi alohida qayd etildi. Anorbank infratuzilmasining xavfsizlik arxitekturasi ilgʻor jahon tajribasi asosida qurilgan boʻlib, Check Point va Fortinet yechimlariga asoslangan. Shu bilan birga Anorbank PCI DSS standartining barcha talablariga javob beradi va buni tasdiqlovchi xalqaro sertifikatiga ega.
ANORBANK — birinchi milliy raqamli bank deb sanalib va shu kungacha bank xizmatlari bozorida yetakchi oʻrinni egallab kelmoqda. Biz olg’a yurishga va mijozlarimiz uchun yangi choʻqqilarni zabt etishga hamisha tayyormiz.
Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing