ANORBANK "Bank va Ma’rifat" xalqaro forumida ishtirok etmoqda

25.09.2025

ANORBANK "Bank va Ma’rifat" xalqaro forumida ishtirok etmoqda

photo_2025-09-25_15-02-53.jpg


2025-yil 24-26-sentyabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Bank va ma’rifat: bilimli jamiyat bilan qudratli iqtisodiyot sari" shiori ostida xalqaro forum o‘tkazilmoqda.


ANORBANK o‘qish madaniyatini rivojlantirish, aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, yoshlar orasida iqtisodiyot va moliya sohasidagi bilimlarni ommalashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan ushbu muhim tadbirda faxr bilan qatnashmoqda.


Forum doirasida ANORBANK Farengeyt Press bilan hamkorlikda loyiha — Usborne nashriyotining ingliz tilidagi mashhur kitoblaridan biri — "Boshlang‘ich saboqlar" ta’lim turkumidan "Money for Beginners" (“Pul: Boshlang‘ich saboqlar”) ni o‘zbek tiliga tarjima qilib, taqdim etadi. Mazkur loyiha pul, moliya va iqtisodiyot haqidagi bilimlarni yoshlar uchun tushunarli va qiziqarli qilishga qaratilgan.


ANORBANK iqtisodiy savodxon jamiyatni shakllantirish mamlakatning barqaror rivojlanishining muhim omili deb hisoblaydi. Shu sababli bank aholi, ayniqsa yoshlar orasida moliyaviy bilimlarni oshirishga yo‘naltirilgan loyihalarni amalga oshirish orqali xalqni ma’rifatli qilishga muntazam ravishda sarmoya kiritmoqda.


Shuningdek o`qing

29.11.2025 Yangi valyuta omonatlari — Mustahkam va Qadam
05.11.2025 «Barqaror» omonati: 2 yil davomida barqaror daromad
26.09.2025 "Ma’rifat va bank" forumi doirasida ANORBANK va Farengeyt Press moliyaviy savodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing