
UZCARD FORUM netvorking uchun ochiq platforma bo‘lib, dolzarb masalalarni ochiq muhokama qilish, moliyaviy texnologiyalar olamidagi trendlar va tendentsiyalarni o‘rganish imkonini berdi. Tadbir o'zaro sheriklik negizida ochiq muloqotni rivojlantirish maqsadida o'tkazildi.
O‘zbekiston bank sektori uchun global trendlar, tendentsiyalar va muammolar, Big Data'dan foydalanish yondashuvlari masalalari, banklarning raqamli transformatsiyasidan o’tish tajribasi kabi mavzular UZCARD FORUM muhokamalarida o’rin oldi.
Forum doirasida mamlakat banklari rahbarlari va UZCARD vakillari ishtirok etgan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Natijada moliya sohasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha takliflar almashildi.
Forum yakunlariga ko‘ra, UZCARD bank sektori va fintech kompaniyalari vakillarini O‘zbekiston Respublikasida moliya sektorini rivojlantirishning turli yo‘nalishlarida erishgan yutuqlari uchun UZCARD AWARD bilan taqdirladi. "ANOR BANK" AJ 2023-yilda raqamli to‘lov tizimini rivojlantirishdagi yutuqlari uchun “Raqamli to‘lovlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” mukofoti bilan taqdirlandi.
Yangiliklarni bankning rasmiy kanallarida kuzatib boring.
Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing