Savdo ofislarida xizmat ko‘rsatish sifatini “Sirli mijoz” (Mystery Shopping) usuli orqali o‘rganish bo‘yicha tender.
1. Loyiha haqida qisqacha ma’lumot
Front-ofis xodimlari faoliyatini baholash, xizmat ko‘rsatishning kuchli va zaif tomonlarini aniqlash, shuningdek, xizmat ko‘rsatish standartlariga rioya etilishi hamda komplayens xatarlarini tekshirish uchun professional agentlik jalb etilishi talab etiladi.
2. Tadqiqot hajmi va parametrlari
· Baholash obyekti: front-ofis xodimlari.
· Baholanadigan savdo ofislari soni: 18 ta nuqta.
Tekshiriladigan bank mahsulotlari va yo‘nalishlari (5 ta mahsulot + xatarlar):
1. Mikroqarz
1. Avtokredit
2. Omonat
3. Karta ochish
4. Pul o‘tkazmasi
· Qo‘shimcha yo‘nalish: korrupsiya xatarlarini baholash.
3. Hisobot tarkibiga qo‘yiladigan talablar
Har bir hisobot davri yakunida Ijrochi quyidagilarni taqdim etishi shart:
· Birlamchi ma’lumotlar: to‘ldirilgan so‘rovnomalar va tashriflarning sifatli audioyozuvlari to‘liq arxivi, tahlil qilish uchun qulay formatda.
· Tahliliy ma’lumotlar: barcha savdo nuqtalari, shaharlar va baholash mezonlari bo‘yicha natijalarning tizimlashtirilgan jamlanma jadvallari.
· Boshqaruv hisoboti: jamoa bilan muhokama qilish va strategik qarorlar qabul qilish uchun asosiy natijalar aks etgan tayyor taqdimot.
4. Ishtirokchilarga qo‘yiladigan majburiy malaka talablari
· Xalqaro maqom: kompaniya MSPA (Mystery Shopping Professionals Association) — “Yashirin xaridor” yo‘nalishidagi mutaxassislarning dunyodagi eng yirik birlashmasiga a’zo bo‘lishi shart. Ishtirokchi amaldagi sertifikatni yoki assotsiatsiya reyestridagi profiliga havolani taqdim etishi kerak.
· Ish tajribasi: O‘zbekiston bozorida 5 yildan ortiq muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan bo‘lishi.
· Ekspertiza: xizmat ko‘rsatish sifati standartlari va mijoz tajribasini chuqur bilishi hamda mahalliy bozor bo‘yicha ekspertizasi tasdiqlangan bo‘lishi.
· Jarayonlarni tashkil etish: tadqiqotga kompleks yondashuv va yig‘ilgan ma’lumotlar sifatini qat’iy ichki nazorat qilish (so‘rovnomalar va audioyozuvlarni tekshirish).
· Tahlil: amaliy natijalarga yo‘naltirilganlik va tayyor biznes tavsiyalarini taqdim etish.
Bog‘lanish uchun kontaktlar:
Call-markaz raqami: 1290
Xodimlarning ichki telefon raqamlari:
Ubaydullayev B. — 1000
• Tender takliflari uchun elektron pochta: TenderAnorbank@anorbank.uz
• EXAT elektron pochtasi (rasmiy so‘rovlar uchun): ANORBANK@exat.u