ANORBANK avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tender e’lon qiladi

19.10.2026

ANORBANK avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tender e’lon qiladi

ANORBANK avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tender e’lon qiladi

Xarid maqsadi: bank aktivlari tarkibidagi avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish uchun pudratchini tanlash.

Ishlar hajmi

Pudratchi quyidagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashi lozim:

№

Xizmat nomi

Tavsifi

1

Avtoelektrika

Avtomobil signalizatsiyasi va boshqa elektr jihozlarini o‘rnatish hamda ta’mirlash.

2

Injektorlarni tozalash va kompyuter diagnostikasi

Injektorlar va forsunkalarni tozalash, avtomobildagi nosozliklarni aniqlash uchun kompyuter diagnostikasini o‘tkazish.

3

Salon bo‘yicha ishlar

Avtomobil g‘iloflarini tikish va avtomobil saloniga linoleum yotqizish.

4

Payvandlash ishlari

Avtomobilni ta’mirlash uchun zarur payvandlash ishlarini bajarish.

5

Konditsionerlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish

Avtomobil konditsionerlarini ta’mirlash, shu jumladan sovituvchi agent bilan to‘ldirish.

6

Dvigatellarni ta’mirlash

Avtomobil dvigatellaridagi nosozliklarni bartaraf etish ishlarini bajarish.

7

Yurish qismini ta’mirlash

Avtomobil yurish qismidagi nosozliklarni bartaraf etish va uning elementlarini ta’mirlash.

8

Botiqlarni vakuum usulida ta’mirlash

Avtomobil kuzovidagi botiqlarni vakuum usulida bartaraf etish.

9

Kuzovni ta’mirlash va bo‘yash

Kuzovning shikastlangan qismlarini ta’mirlash, yuzalarni tayyorlash va bo‘yash ishlarini bajarish.

10

TO-1 va TO-2 texnik xizmat ko‘rsatish

Muayyan avtomobil uchun belgilangan reglamentga muvofiq birinchi va ikkinchi texnik xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish.

11

Moylarni almashtirish

Kelishilgan ishlar ro‘yxati bo‘yicha dvigatel, transmissiya va avtomobilning boshqa uzellaridagi moylarni almashtirish.


Har bir avtomobil bo‘yicha ishlarning aniq ro‘yxati va hajmi diagnostika natijalariga ko‘ra belgilanadi hamda ta’mirlash boshlanishidan oldin bank bilan kelishiladi.

Xizmat ko‘rsatishga qo‘yiladigan umumiy talablar

· Ishlar malakali mutaxassislar tomonidan ta’mirlash turiga mos uskunalar va asboblardan foydalangan holda bajarilishi lozim.

· Kelishilgan smetaga kiritilmagan qo‘shimcha ishlar bank bilan kelishilgandan so‘ng bajariladi.

· Foydalaniladigan ehtiyot qismlar va sarf materiallari avtomobilning texnik talablariga mos bo‘lishi lozim. Ularning ro‘yxati va narxi buyurtmachi bilan oldindan kelishiladi.

· Pudratchi topshirilgan avtomobillarning servis hududida bo‘lgan davrida but saqlanishini ta’minlaydi.

· Ta’mirlash yakunlangach, pudratchi bajarilgan ishlar sifatini tekshiradi va ularning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.

· Bajarilgan ishlarga kafolat beriladi. Kafolat muddati va shartlari ishtirokchining taklifida ko‘rsatiladi hamda shartnomada belgilanadi.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar

· Avtomobillarni ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish sohasida kamida 5 yillik ish tajribasi.

· Jihozlangan servis maydoni va malakali xodimlarning mavjudligi.

· Ko‘rsatilgan xizmatlar ro‘yxatini to‘liq bajarish imkoniyati.

· O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxs bo‘lish va bank bilan shartnoma tuzishga tayyorlik.

Tender taklifi tarkibi

Ishtirokchilar quyidagilarni taqdim etishi lozim:

· Kompaniya va uning ish tajribasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

· Ko‘rsatiladigan xizmatlar ro‘yxati va narxni hisoblash tartibi ko‘rsatilgan narxnoma.

· Servis maydoni, uskunalar va mutaxassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

· Diagnostika va ta’mirlash ishlarini bajarish bo‘yicha taklif etilayotgan muddatlar.

· Bajariladigan ishlar va foydalaniladigan ehtiyot qismlarga beriladigan kafolat shartlari.

· Soliqlar va ehtimoliy qo‘shimcha xarajatlar ko‘rsatilgan to‘lov shartlari.

Pudratchini tanlash mezonlari

· Tajriba va texnik imkoniyatlar.

· Taklif etilayotgan xizmatlar ro‘yxatining to‘liqligi.

· Ishlar narxi va smetaning shaffofligi.

· Ta’mirlash ishlarini bajarish muddatlari.

· Kafolat shartlari.

Ishlarni bajarish muddatlari

Har bir avtomobilni ta’mirlash muddati diagnostika o‘tkazilib, ishlar ro‘yxati tasdiqlangandan so‘ng bank bilan kelishiladi.

To‘lov shartlari

To‘lov tartibi va muddatlari tender natijalariga ko‘ra aniqlanadi hamda shartnomada belgilanadi.

Aloqa uchun mas’ul shaxs: Kadyrov B. +998977585555

Shuningdek o`qing

10.09.2026 TEXNIK TOPSHIRIQ Devor panellarini teksturalash Olmazor tumani, Chinniobod-2 mavze, 6 va 8-uy
09.09.2026 TEXNIK TOPSHIRIQ FortiGate xavfsizlik devorlari uchun Unified Threat Protection (UTP) litsenziyalarini xarid qilish
03.09.2026 VAKOLATNOMA Elektron navbat boshqaruv tizimi (FCS) dasturiy va apparat majmuasini ta'minlash, o'rnatish va ishga tushirish

Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Anorbank ilovasini yuklab olish uchun QR-kod
QR-kodni skaner qiling
va ilovani yuklab oling.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: