Hurmatli aksiyadorlar!
"ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 10-sentyabrdagi qaroriga asosan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2025-yil 2-oktyabr kuni bevosita quyidagi manzilda o‘tkazilishini ma’lum qiladi: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85, "ANOR BANK" AJ binosi e-mail info@anorbank.uz, veb-sayt: www.anorbank.uz
Ro‘yxatdan o‘tish 10.30 da boshlanadi.
Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi soat 11.00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reyestrini tuzish sanasi - 2025-yil 25-sentyabr.
Kun tartibi:
1. Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
2. "ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.
3. Dividendlar to‘lash, dividendlar miqdorini, to‘lash shakli va tartibini belgilash to‘g‘risida.
4. "ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
5. "ANOR BANK" AJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.
6. Majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash va uning xizmatlariga haq to‘lashning 2025-yil yakuni bo‘yicha cheklangan miqdorini belgilash to‘g‘risida.
7. "ANOR BANK" AJ Ustaviga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.
"ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85
Izoh: Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida vakil to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasport ma’lumotlari) ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing