Hurmatli aksiyadorlar!
"ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashining 2026-yil 4-iyundagi qaroriga asosan aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi 2026-yil 30-iyun kuni Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85-uy manzilida, "ANOR BANK" AJ binosida shaxsan o‘tkazilishini ma’lum qiladi.
E-mail: info@anorbank.uz , veb-sayt: www.anorbank.uz
Ro‘yxatdan o‘tish soat 10:30 da boshlanadi.
Bank aksiyadorlarining Yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazishning boshlanishi - soat 11.00.
Aksiyadorlarning Yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reyestrini tuzish sanasi - 2026-yil 24-iyun.
Kun tartibi:
Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
"ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi Reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.
"ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashi raisining 2025-yil yakunlari bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqish va "ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashining 2025-yilda qabul qilingan qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
"ANOR BANK" AJning 2025-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha bank Boshqaruvi raisining hisobotini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
"ANOR BANK" AJning 2025-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi to‘g‘risida "Ernst & Young" MCHJ Auditorlik kompaniyasining xulosasini ko‘rib chiqish haqida.
"ANOR BANK" AJning 2025-yil uchun yillik hisoboti, buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash haqida.
"ANOR BANK" AJning 2025-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha sof foydasini taqsimlash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida.
2025-yil yakunlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash to‘g‘risida hisobot.
Balansdan tashqari hisobvaraqlarga o‘tkazilgan aktivlar to‘g‘risida ma’lumot.
2025-yilda "ANOR BANK" AJning affillangan shaxslari bilan tuzilgan bitimlarni tasdiqlash to‘g‘risida.
Xayriya, homiylik va beg‘araz yordamning cheklangan miqdori masalasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda bank tomonidan joriy xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan "ANOR BANK" AJning affillangan shaxslari bilan mo‘ljallanayotgan bitimlarni ma’qullash to‘g‘risida.
"ANOR BANK" AJ Boshqaruvi raisini saylash to‘g‘risida.
"ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
"ANOR BANK" AJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.
"ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining Yillik umumiy yig‘ilishiga tayyorlangan materiallar bilan Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Shahrisabz ko‘chasi, 85-uy manzilida tanishish mumkin.
Izoh: Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning Yillik umumiy yig‘ilishida vakil to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan joyi, pasport ma’lumotlari) ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berish uchun berilgan ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing