Hurmatli aksiyadorlar!
"ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashining 2025-yil 05 iyundagi qaroriga asosan aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi 2025-yil 30 iyun kuni Toshkent shahri, Sayram 5-tor ko‘chasi, 4-uy manzilida, "ANOR BANK" AJ binosida bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi e-mail info@anorbank.uz, veb-sayt: www.anorbank.uz.
Ro‘yxatdan o‘tish vaqti - 10.30 soat.
Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish soat 11.00 da boshlanadi.
Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reyestrini tuzish sanasi 2025-yil 24 iyun.
Kun tartibi:
Hisob komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.
"ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida.
"ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashi raisining 2024-yil yakunlari bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqish va "ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashining 2024-yilda qabul qilingan qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.
Bank Boshqaruvi raisining "ANOR BANK" AJning 2024-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
"Ernst & Young" MCHJ auditorlik kompaniyasining "ANOR BANK" AJning 2024-yil yakuni bo‘yicha moliyaviy hisobotining ishonchliligi to‘g‘risidagi xulosasini ko‘rib chiqish haqida.
"ANOR BANK" AJning 2024-yil uchun yillik hisoboti, buxgalteriya balansi hamda foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash haqida.
"ANOR BANK" AJning 2024-yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha sof foydasini taqsimlash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida.
2024-yil yakunlari bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hisoboti.
Bank hisobvaraqlarida hisobga olinadigan umidsiz aktivlarni hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlash haqida.
2024-yilda "ANOR BANK" AJ affillangan shaxslari bilan tuzilgan bitimlarni tasdiqlash to‘g‘risida.
Aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda bank tomonidan joriy xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida "ANOR BANK" AJning affillangan shaxslari bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan mo‘ljallanayotgan bitimlarni ma’qullash to‘g‘risida.
Xayriya, homiylik va beg‘araz yordamning eng ko‘p miqdori to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish haqida.
"ANOR BANK" AJ Boshqaruvi raisini saylash to‘g‘risida.
"ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.
"ANOR BANK" AJning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.
"ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizomni, "ANOR BANK" AJ Kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizomni, "ANOR BANK" AJ Boshqaruvi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida.
"ANOR BANK" AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishiga tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent shahri, Sayram 5-tor ko‘chasi, 4-uy.
Izoh: Aksiyadorning vakili aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida vakil to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi yoki nomi, yashash joyi yoki joylashgan yeri, pasport ma’lumotlari) ko‘rsatilgan holda yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berishga doir ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.
Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing