AUYning oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarlar

Ortga aksiyadorlar va sarmoyachilarga

«ANOR BANK» aksiyadorlik jamiyati bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

13.02.2024

Hurmatli aksiyadorlar!

«ANOR BANK» AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi 2024-yil 19-fevral kuni Toshkent shahar, Mirzo-Ulug’bek tumani, Sayram ko’chasi, 5-tor koʻchasi, 4-uy, «ANOR BANK» AJ binosida

email info@anorbank.uz, veb-sayt: www.anorbank.uz

Ro‘yxatga olish soat 10:30 da boshlanadi.

Bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishining boshlanishi soat 11.00.

Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reestrini tuzish sanasi – 2024-yil 13-fevral.

Kun tartibi:

1. «ANOR BANK» AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida.

2. 2023-yilda ko‘rsatilgan xayriya, beg‘araz va homiylik yordamini tasdiqlash hamda 2024-yilga   mo‘ljallangan xayriya, beg‘araz va homiylik yordamining cheklangan miqdorini belgilash to‘g‘risida.

3. «ANOR BANK» AJ tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.

4. «ANOR BANK» AJ Taftishchisini qayta saylash to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish.

5. «ANOR BANK» AJ Kuzatuv kengashi a’zolarining mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida.

6. «ANOR BANK» AJ Boshqaruvi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida.


«ANOR BANK» AJ aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi uchun tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent shahar, Mirzo-Ulug’bek tumani, Sayram ko’chasi, 5-tor koʻchasi, 4-uy,

Izoh: Aksiyadorning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida aksiyador vakili vakil to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ismi, yashash joyi yoki joylashgan joyi, pasport ma’lumotlari) ko‘rsatilgan yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.


Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: