AUYning oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarlar

Ortga aksiyadorlar va sarmoyachilarga

“ANOR BANK” aksiyadorlik jamiyati Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

02.06.2023

“ANOR BANK” aksiyadorlik jamiyati Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishini e’lon qiladi.

 

Hurmatli aksiyadorlar!

 

“ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2023-yil 26-iyun kuni Toshkent sh., ko‘ch. Sayram 5-oʻtish koʻchasi, 4-uy, “ANOR BANK” AJ binosida elektron manzil info@anorbank.uz, veb-sayt: www.anorbank.uz

Ro‘yxatga olish soat 10:30 da boshlanadi.

Bank aksiyadorlarining yillik umumiy yig'ilishining boshlanishi - soat 11.00.

Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan bank aksiyadorlari reestrini tuzish sanasi – 2023-yil 20-iyun.       

Kun tartibi:

 

1. Sanoq komissiyasining son va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida.

2. “ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida.

3. “ANOR BANK” AJ Kuzatuv kengashi raisining 2022 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqish va Bank Kuzatuv kengashining 2022 yilda qabul qilingan qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida.

4. “ANOR BANK” AJning 2022 yildagi moliyaviy-xo‘jalik faoliyati yakunlari to‘g‘risida Bank boshqaruvi raisining hisobotini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.

5. “ANOR BANK” AJ Auditorining 2022 yil yakunlari bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.

6. “ANOR BANK” AJning 2022 yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobotining ishonchliligi to‘g‘risidagi “Ernst & Young” MChJ auditorlik kompaniyasining xulosasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.

7. “ANOR BANK” AJning 2022 yil uchun yillik hisoboti, buxgalteriya balansi va foydalari to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqlash to‘g‘risida.

8. “ANOR BANK” AJ sof foydasini 2022 yilgi moliya-xo‘jalik faoliyati yakunlari bo‘yicha taqsimlash tartibini tasdiqlash to‘g‘risida.

9. Majburiy audit o'tkazish uchun auditorlik tashkilotini aniqlash va uning xizmatlari uchun to'lovning eng yuqori miqdorini belgilash va u bilan shartnoma tuzish to'g'risida.

10. 2022-yilda ko‘rsatilgan xayriya, tekin va homiylik yordami to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqish hamda 2023-yil uchun xayriya, tekin va homiylik yordami limitini belgilash to‘g‘risida.

11. 2022-yilda “ANOR BANK” AJ affillangan shaxslari bilan ilgari tuzilgan bitimlarni tasdiqlash to‘g‘risida.

12. “ANOR BANK” AJ affillangan shaxslari bilan bank tomonidan aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda joriy tadbirkorlik faoliyati jarayonida tuzilishi mumkin bo‘lgan taklif qilinadigan bitimlarni ma’qullash.

13. “ANOR BANK” AJ boshqaruvi raisini saylash to‘g‘risida.

14. “ANOR BANK” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash to‘g‘risida.

15. “ANOR BANK” AJ Auditorini saylash to‘g‘risida.

16. “ANOR BANK” AJ Kuzatuv kengashi a’zolarining mehnatiga haq to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida.

17. “ANOR BANK” AJ tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash to‘g‘risida.

 

“ANOR BANK” AJ aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi uchun tayyorlangan materiallar bilan quyidagi manzilda tanishish mumkin: Toshkent sh. Sayram 5-oʻtish, 4.   

 

Izoh: Aksiyadorning aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishidagi vakili vakil to'g'risidagi ma'lumotlar (ismi yoki lavozimi, yashash joyi yoki joylashgan joyi, pasport ma'lumotlari) ko'rsatilgan yozma shaklda tuzilgan ishonchnoma asosida ish yuritadi. Jismoniy shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma notarial tasdiqlangan bo'lishi kerak. Yuridik shaxs nomidan ovoz berish uchun ishonchnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi.


Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing: