"ANOR BUSINESS" va "ANORBANK" mobil ilovalarining Maxfiylik siyosati

1. Kirish

"ANOR BANK" AJ (bundan keyin "ANORBANK" deb yuritiladi) mobil ilovasining maxfiylik siyosati Foydalanuvchi "ANOR BANK" AJ mobil ilovasidan foydalanayotganda ANORBANKning Foydalanuvchi qurilma(lari)dan olishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarga nisbatan qo‘llaniladi. ANORBANK Foydalanuvchi ma’lumotlarining xavfsizligi va maxfiyligini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Ushbu maxfiylik siyosatida biz ANORBANKning "ANOR BUSINESSBANK" va/yoki "ANORBANK" (bundan keyin "Ilova" deb yuritiladi) mobil ilovasidan foydalanish vaqtida Foydalanuvchi taqdim etgan ma’lumotlarni qanday to‘plashi, foydalanishi, oshkor qilishi va himoya qilishini batafsil tushuntiramiz. Iltimos, ushbu siyosatning mazmuni bilan sinchkovlik bilan tanishib chiqing.

Ilovadan foydalanish Foydalanuvchining ushbu siyosatga va unda ko‘rsatilgan Foydalanuvchi qurilmasidan olingan ma’lumotlarni qayta ishlash shartlariga roziligini bildiradi. Agar Foydalanuvchi bunga rozi bo‘lmasa, u Ilovadan foydalanishdan tiyilishi lozim.

Ilova va Ilova doirasidagi xizmatlar Foydalanuvchiga "ANOR BANK" AJda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kompleks bank xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha universal shartnoma asosida taqdim etiladi.

2. To‘planadigan ma’lumotlar

2.1. Shaxsiy ma’lumotlar:
ANORBANK quyidagi shaxsiy ma’lumotlarni yig‘ishi mumkin:
- Foydalanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi
- Tug‘ilgan sanasi
- JSHSHIR
- Shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari
- Pasport seriyasi va raqami
- ID-karta raqami
- Foydalanuvchining STIR
- Doimiy ro‘yxatdan o‘tgan manzili
- Doimiy va/yoki vaqtinchalik yashash manzili
- Tug‘ilgan joyi
- Telefon raqami
- Telefon kitobchasidagi kontaktlar ro‘yxati - aloqa xizmatlariga to‘lov qilishda telefon raqamlarini avtomatik kiritish maqsadida
- Elektron pochta manzili
- Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor nomi
- Yuridik va pochta manzillari
- Yuridik shaxsning STIR yoki yakka tartibdagi tadbirkorning JSHSHIR
- Yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorning boshqa ma’lumotlari. Pasport yoki boshqa shaxsiy identifikatsiya ma’lumotlari.

2.2. Moliyaviy ma’lumotlar:
Ilova orqali moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun ANORBANK quyidagi ma’lumotlarni to‘plashi mumkin:
- Bank hisoblari haqidagi ma’lumotlar
- Tranzaksiyalar ma’lumotlari
- Kredit tarixi va boshqa moliyaviy ma’lumotlar
- Omonatlar haqidagi ma’lumotlar
- Ilova ichidagi xaridlar ma’lumotlari
- Ilova yordamida amalga oshirilgan xaridlar haqidagi ma’lumotlar
- Xarid joyi haqidagi ma’lumotlar
- Ilovaga ulangan boshqa bank kartalari balansi va tranzaksiyalari haqidagi ma’lumotlar

2.3. Qurilma haqidagi ma’lumotlar:
ANORBANK Ilova o‘rnatilgan qurilma haqidagi quyidagi ma’lumotlarni avtomatik ravishda to‘playdi:
- Qurilma modeli
- Operatsion tizim
- Ilova versiyasi
- IP-manzil
- Qurilmaning noyob identifikatori

2.4. Joylashuv ma’lumotlari:
ANORBANK foydalanuvchiga joriy joylashuv bilan bog‘liq kontentni taqdim etish, shuningdek, bank operatsiyalari doirasida xavfsizlikni ta’minlash va joylashuvni nazorat qilish maqsadida GPS texnologiyalari va boshqa vositalar yordamida foydalanuvchining joylashuv ma’lumotlarini olishi mumkin.

3. To‘plangan ma’lumotlardan foydalanish

3.1. ANORBANK foydalanuvchi haqida to‘plangan ma’lumotlarni quyidagi maqsadlarda qo‘llaydi:
- mobil ilova orqali bank xizmatlarini ko‘rsatish (pul o‘tkazmalari, to‘lovlar, hisobvaraqlarni boshqarish);
- foydalanuvchining moliyaviy mablag‘lari va shaxsiy hisob xavfsizligini ta’minlash;
- shaxsiylashtirilgan takliflar va bildirishnomalarni taqdim etish;
- O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq yuridik talablar va majburiyatlarga rioya etish.

3.2. Ushbu Siyosatning 3.1-bandida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun ANORBANK ma’lumotlarni qayta ishlashga o‘zi bilan tegishli maxfiylik bitimlarini tuzgan hamkorlarni jalb etishga haqlidir. Ilovani takomillashtirish maqsadida undan foydalanishga oid shaxssizlantirilgan ma’lumotlarni hamkorlarga uzatish, hamkorlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.

3.3. Ma’lumotlar ANORBANK va uning hamkorlari resurslarida ANORBANK bilan foydalanuvchi o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlar amal qilish muddati davomida, shuningdek, bunday shartnomalar bekor qilinganidan keyin 5 yil mobaynida yoki O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida undan uzoqroq muddat belgilangan bo‘lsa, o‘sha muddat davomida saqlanishi mumkin.

4. Ma’lumotni uchinchi shaxslarga oshkor qilish

ANORBANK Foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga faqat quyidagi hollardagina oshkor etishi mumkin:
- Foydalanuvchining aniq roziligini olganda;
- Foydalanuvchiga ilova orqali bank mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etish zarurati paydo bo‘lganda;
- O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

5. Ma’lumotlar xavfsizligi

5.1. ANORBANK foydalanuvchi ma’lumotlarini ruxsatsiz kirish, foydalanish va oshkor etilishdan himoya qilish uchun barcha oqilona choralarni ko‘radi. Biz sizning moliyaviy va shaxsiy ma’lumotlaringiz xavfsizligini ta’minlash maqsadida zamonaviy shifrlash usullari va boshqa ilg‘or texnologiyalardan foydalanamiz.

5.2. ANORBANK quyidagi hollarda foydalanuvchi ma’lumotlarining uchinchi shaxslarga oshkor etilishi uchun javobgar bo‘lmaydi:
- foydalanuvchining o‘zi tomonidan ma’lumotlar oshkor qilinganda;
- foydalanuvchi qurilmalarining buzilishi va/yoki zaif joylari mavjudligi va/yoki zararli dasturlar bilan zararlanishi hamda ularning ishlashidagi nosozliklar yuz berganda;
- ANORBANK nazoratidan tashqarida bo‘lgan, Internet, aloqa tarmoqlari va boshqa tashqi tashkilotlar hamda tarmoqlar ishidagi uzilishlar tufayli ma’lumotlarning ruxsatsiz oshkor etilishiga olib kelgan boshqa vaziyatlarda.

6. Huquqlar va nazorat

Foydalanuvchi o‘zining shaxsiy ma’lumotlariga kirish, ularni yangilash, tuzatish yoki o‘chirish huquqiga ega. Shuningdek, foydalanuvchi ilovadagi maxfiylik sozlamalarini mustaqil ravishda boshqarishi mumkin.

7. Maxfiylik siyosatidagi o‘zgarishlar

ANORBANK ushbu maxfiylik siyosatiga o‘zgartirishlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Siyosatning yangilangan versiyasi ilova orqali foydalanuvchilarga taqdim etiladi.

8. Aloqa ma’lumotlari

Agar Foydalanuvchining bizning maxfiylik siyosatimiz yuzasidan savollari yoki takliflari mavjud bo‘lsa, quyidagi ma’lumotlar orqali biz bilan bog‘lanishi mumkin:
"ANOR BANK" aksiyadorlik jamiyati
Manzil (joylashuv): O‘zbekiston Respublikasi, 100170, Toshkent shahri, Sayram ko‘chasi 5-tor, 4-uy
Ma’lumot olish uchun telefonlar (Bank Aloqa markazi): (+998 55) 503-00-00
Ishonch telefoni: (+998 71) 205-82-23
Bankning Internetdagi rasmiy veb-sayti: www.anorbank.uz
E-mail: info@anorbank.uz


Anorbank ilovasi

Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.

Sizning fikr-mulohazangiz uchun tashakkur!

Kerakli ma'lumotni topdingizmi?

Havola bilan bo'lishing:

Anora

Online

Xush kelibsiz!

Iltimos, suhbatni boshlash uchun o'zingizni tanishing