Omonat - bu kerakli narsalar uchun pulni tejashning ajoyib usuli
Omonat muddati 13 oy
Omonatingizni ANORBANKda saqlang va qisqa vaqt ichida o'z kapitalingizni ko’paytiring
Foiz stavkasi yillik 23%
Foizlar har oyda hamyoningizga to‘lanadi
Omonatlarni boshqarish
Omonat har doim mobil ilovada yoki Internet-bankda sizning nazoratingizda
Omonatni to‘ldirish
Cheklovlarsiz
Xavfsizlik kafolati
ANORBANKdagi barcha omonatlar Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan himoyalangan
Foizlarni yoʻqotmasdan yechib olish
Omonatdagi minimal miqdorni (100 ming so‘m) saqlab qolgan holda, foizlarni yo‘qotmasdan pul mablag‘larini yechib olish mumkin. Shu bilan birga, to'lov miqdori yiliga 23% darajasida qoladi
Omonatlarni ochish va boshqa xizmatlardan faqat ANORBANK kartasi egalari foydalanishlari mumkin. Mobil ilova yoki Internet-bank orqali kartani buyurtma qiling yoki Aloqa markaziga qo'ng'iroq qiling.
Kartani olgandan so'ng siz omonatlarni Mobil ilova yoki Internet-bank orqali ochishingiz va ularni masofadan turib boshqarishingiz mumkin.
Ha, omonatni muddatidan oldin yopishingiz mumkin. Mablag’larni sizning hamyoningizga o'tkazib beramiz. Shundan so'ng siz ularni plastic kartaga yoki boshqa hisob raqamga o'tkazishingiz va bankomatdan olishingiz mumkin.
Omonatning amal qilish muddati tugaganligi to'g'risida ma'lumotni omonat shartlarida mobil ilova yoki ANORBANK Internet-banki yoki Kontakt-markazga qo'ng'iroq qilish orqali bilib olish mumkin.
Kapitalizatsiya - bu omonat summasiga foizlar qo'shilishi. Shunday qilib, hisobdagi mablag' ko’payib boradi va qo'shilgan summaga ham foizlar hisoblanadi. Bu odatda murakkab foiz deb ataladi.
Omonat ochish uchun sizga chet el fuqarosi pasporti, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma yoki yashash uchun ruxsatnoma kerak, shuningdek siz ANORBANK kartasini olgan holda bank mijozi bo'lishingiz kerak.
Anorbank ilovasi
Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.