Omonatlarni ochish va boshqa xizmatlardan faqat ANORBANK kartasi egalari foydalanishlari mumkin. Mobil ilova yoki Internet-bank orqali kartani buyurtma qiling yoki Aloqa markaziga qo'ng'iroq qiling.
Kartani olgandan so'ng siz omonatlarni Mobil ilova yoki Internet-bank orqali ochishingiz va ularni masofadan turib boshqarishingiz mumkin.
Omonat muddatidan oldin to'liq yopilgan taqdirda,
hisoblangan foizlar quyidagi tartibda qayta hisoblanadi:
- 3 oygacha - 0%
- 4 oydan 7 oygacha - 20%
- 8 oydan 12 oygacha - 22% - 13-oy va undan ko'p - 24%.
Ortiqcha to‘langan foizlar bank tomonidan omonatning asosiy
summasidan ushlab qolinadi.
Foizlar omonatdagi mablag'lar to'liq oylarning haqiqiy soni
uchun to'lanadi.
Foizlar omonatdagi mablag'lar to'liq oylarning haqiqiy soni
uchun to'lanadi.
Omonatning amal qilish muddati tugaganligi to'g'risida ma'lumotni omonat shartlarida mobil ilova yoki ANORBANK Internet-banki yoki Kontakt-markazga qo'ng'iroq qilish orqali bilib olish mumkin.
Kapitalizatsiya - bu omonat summasiga foizlar qo'shilishi. Shunday qilib, hisobdagi mablag' ko’payib boradi va qo'shilgan summaga ham foizlar hisoblanadi. Bu odatda murakkab foiz deb ataladi.
Omonat ochish uchun sizga chet el fuqarosi pasporti, vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma yoki yashash uchun ruxsatnoma kerak, shuningdek siz ANORBANK kartasini olgan holda bank mijozi bo'lishingiz kerak.
Anorbank ilovasi
Qulay va tushunarli interfeys, yangi funksiyalar va imkoniyatlarni yangi ilovamizda topasiz. Shuningdek ilovaning ishlash tezligi ham oshirildi.